Kodni ko'rib chiqish

Samarali code review va sifat bo'yicha best practice'larning batafsil ro'yxati

0% tugallandi0 / 70 mavzu
  • Engineering Manager yo'l xaritasi
  • System Design yo'l xaritasi
  • Software Architect yo'l xaritasi
  • Dasturiy dizayn va arxitektura
Code Reviews
Ushbu yo'l xaritasining batafsil versiyasini va boshqa shunga o'xshash yo'l xaritalarini toping
roadmap.sh
Quyidagi tegishli yo'nalishlar bilan o'rganishni davom ettiring
Dasturiy dizayn
Engineering Manager
Jamoa miqyosidagi amaliyotlar
Code review jarayonini hujjatlashtiring va standartlashtiring.
Code review'ning maqsadi hammaga tushunarli bo'lishini ta'minlang.
"Definition of Done" hujjatlashtirilgan va hammaga tushunarli bo'lishini ta'minlang
Jamoa a'zolarini code review'larda qatnashishga undang.
Code review'dagi kelishmovchiliklarni hal qilish jarayonini belgilang.
Uslub masalalari uchun aniq belgilangan style guide'ga ega bo'ling.
Code review'ni tezlashtirish uchun avtomatlashtirishdan foydalaning (linting, sniffing va h.k.)
Code review qancha vaqtda bajarilishi bo'yicha aniq kutilmalarni belgilang.
Code review uchun yetarli vaqt ajrating va uni birinchi o'ringa qo'ying.
Code review'dan bilim almashish va o'rganish imkoniyati sifatida foydalaning.
Cross-functional bilim uchun notanish sohalardagi kodni ham review qilishga undang.
Code review jarayonini doimiy kuzatib, yaxshilab boring.
Doimiy ravishda sifatli feedback beradiganlarni e'tirof eting va taqdirlang.
Muloqot va hamkorlikni rag'batlantiring; code review'ga bir tomonlama jarayon deb qaramang.
Review jarayonidagi umumiy tendensiya va muammolarni muhokama qilish uchun muntazam code review sessiyalarini o'tkazing.
Author'larni rasmiy code review'ga yuborishdan oldin, ishlab chiqish jarayonidayoq feedback so'rashga undang.
Ishlab chiqish (Author)
Coding standard'lar va jamoaning boshqa qoidalariga amal qiling.
Loyihaning umumiy dizayni va arxitekturasiga mos ravishda ishlang.
Agar o'zgarish bug fix uchun bo'lsa, failing test yozing.
Murakkab vazifalarni kichikroq va boshqarish oson PR'larga bo'ling.
O'zgarishning tizimning boshqa qismlariga ta'sirini hisobga oling.
O'zgarish bo'yicha savol va xavotirlaringizni review paytida muhokama qilish uchun yozib qo'ying.
Automated test'larni yozing.
Kerak bo'lsa, feature yoki o'zgarishlar uchun hujjat yozing.
O'zgarishlar tufayli eskirgan bo'lishi mumkin bo'lgan hujjatlarni yangilang.
Ishlab chiqishdan keyin (Author)
Review'ga yuborishdan oldin kodingizni o'zingiz tekshirib chiqing.
O'zgarishlar, jumladan barcha kerakli test va hujjatlar, to'liq va review'ga tayyor ekaniga ishonch hosil qiling.
Kod o'zgarishi development environment'da yaxshilab testlanganini tekshiring.
Kod loyihaning coding standard'lari va best practice'lariga mos kelishini yana bir bor tekshiring.
Unumdorlik, xavfsizlik yoki scalability bo'yicha ehtimoliy muammolarni aniqlang va review'da muhokama uchun qayd eting.
PR'ga aniq sarlavha, tavsif, screenshot'lar, tegishli havolalar, sozlama o'zgarishlari va h.k.ni albatta qo'shing.
Review jarayoniga ochiq fikr bilan yondashing, jamoadoshlardan o'rganishga va ular bilan hamkorlikka tayyor bo'ling.
Review'dan oldin (Reviewer)
Talablarni va o'zgarish qanday kontekstda kiritilganini tushunib oling.
Talablarga asoslanib, o'zgarishlarda qamrab olinishi kerak bo'lgan bandlar ro'yxatini tayyorlang.
Codebase va uning arxitekturasini tushunishingizga ishonch hosil qiling.
O'zgarishga oid hujjatlar va design specification'larni ko'rib chiqing.
O'zgarish tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf va muammolar ro'yxatini tuzing.
Jarayonga ochiq fikr bilan yondashing: konstruktiv feedback bering va code quality'ni oshirish uchun hamkorlik qiling
Kodning umumiy sifatini, jumladan readability, maintainability va scalability'ni hisobga oling.
Kod o'zgarishining ko'lami va ta'siriga qarab, review qanchalik chuqur bo'lishi kerakligini aniqlang.
Review jarayonida yuzaga kelgan muammo va xavotirlarni hal qilish uchun author bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'ling.
Review vaqtida (Reviewer)
Feedback'ingizda hurmatli va professional bo'ling, shaxsiyatga tegadigan yoki kamsituvchi izohlardan saqlaning.
Tushunarli va amaliy feedback bering: yaxshilash bo'yicha aniq takliflar va xavotirlaringiz sababini ham yozing.
Unumdorlik, xavfsizlik yoki scalability bo'yicha ehtimoliy muammolarni aniqlang va ularni author bilan muhokama qiling.
Feedback'ingizni muhimlik tartibida bering: avval eng muhim muammolarga e'tibor qarating.
O'zgarishdagi testlarni ko'rib chiqing: ular funksionallik va edge case'larni yetarli qamrab olganini tekshiring.
Kod o'zgarishi loyihaning coding standard'lari va best practice'lariga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
Tegishli hujjatlar yangilanganiga ishonch hosil qiling.
Uslub masalalarida jamoaviy style guide yagona mezon. O'zgarishlarni shaxsiy didingizga emas, unga qarab tekshiring
Yaxshilash uchun izoh qoldiring, lekin standartlarga javob berish uchun muhim bo'lmasa, boshiga "Nit" deb yozing
Mukammallikka emas, doimiy yaxshilanishga intiling.
Qisqa va uzoq muddatli jihatlarni yodda tuting.
Code review'ga muqobil yoki qo'shimcha sifatida pair programming'dan foydalanishni o'ylab ko'ring.
Konstruktiv tanqid bilan birga ijobiy feedback ham bering: bu yaxshi amaliyotlarni mustahkamlab, jamoa ruhini ko'taradi.
Review'dan keyin (Author)
Olingan barcha feedback'ga, jumladan bildirilgan xavotir va savollarga javob bering.
Taklif qilingan o'zgarishlarni kiriting va kerak bo'lgan joyda tushuntirish bering.
O'zgarishlardan keyin testlarni ishga tushiring va ularning barchasi o'tishiga ishonch hosil qiling
O'zgarishlar ta'sir qilgan hujjatlar va kod izohlarini yangilang.
O'zgarishlarga ishonchingiz komil bo'lmasa, boshqa jamoa a'zolaridan ham feedback so'rang.
Kerak bo'lsa, yangilangan kodni qayta review'ga yuboring.
Review'dan keyin (Reviewer)
Qarama-qarshi fikrlarni o'z vaqtida hal qiling; kelishmovchilik tufayli PR uzoq kutib qolmasin.
Author barcha feedback'ga javob berganini tekshiring.
Yangilangan kodni ko'rib chiqing va taklif qilingan o'zgarishlar kutilganidek kiritilganiga ishonch hosil qiling.
Testlarni qayta ishga tushiring va ularning barchasi o'tishiga ishonch hosil qiling.
Author'da paydo bo'lishi mumkin bo'lgan savol va xavotirlarga javob bering.
Author'dan kelgan feedback'ga ochiq bo'ling va kerak bo'lsa, o'z feedback'ingizga tuzatish kiritishga tayyor bo'ling.
Tasdiqlangandan keyin (Ikkalasi)
Tasdiqlangan kod o'zgarishini main/feature branch'ga merge qiling.
Kod o'zgarishi production muhitida kutilganidek ishlayotganini tekshiring.
Kod o'zgarishining unumdorligi va funksionalligini kuzatib boring, yuzaga kelgan muammolarni hal qiling.
Kod o'zgarishining muvaffaqiyatli yakunlanganini nishonlang!

Yo'l xaritalariQo'llanmalarFAQYouTube

yo'lxaritaroadmap.shasosida

Hamjamiyat tomonidan yaratilgan yo'l xaritalari, eng yaxshi amaliyotlar, loyihalar, maqolalar, manbalar va yo'nalishlar — o'z yo'lingizni tanlash va kasbingizda o'sish uchun.

© yo'lxarita·Shartlar·Maxfiylik·

roadmap.sh

Barcha kontent roadmap.sh loyihasidan olingan (© Kamran Ahmed) va shaxsiy o'rganish uchun o'zbek tiliga tarjima qilinmoqda.

Qidiruv

Yo'l xaritalari, loyihalar va savollarni qidiring