DNS bitta rasmda
Veb-sayt internetda qanday topilishi haqida qisqa, rasmli qo'llanma.
Muallif: Kamran Ahmed
DNS yoki Domain Name System internetning asosiy qurilish bloklaridan biridir. Dasturchi sifatida siz uning qanday ishlashi haqida hech bo'lmaganda boshlang'ich tushunchaga ega bo'lishingiz kerak. Ushbu maqola DNS nima ekanligi va u qanday ishlashi haqida qisqacha kirish hisoblanadi.
Eng sodda ko'rinishida DNS mobil telefoningizdagi telefon kitobchasiga o'xshaydi. Kontaktlaringizdan biriga qo'ng'iroq qilishingiz kerak bo'lganda, siz uning raqamini yoddan terishingiz yoki uning ismidan foydalanishingiz mumkin; shunda mobil telefoningiz qo'ng'iroq qilish uchun shu ism bo'yicha telefon kitobchangizdan uning raqamini qidiradi. Har safar yangi do'st orttirganingizda yoki mavjud do'stingiz mobil telefon olganida, keyinchalik unga qo'ng'iroq qila olish uchun uning telefon raqamini yodlab olishingiz yoki telefon kitobchangizga saqlab qo'yishingiz kerak bo'ladi. DNS yoki Domain Name System ham xuddi shunga o'xshash tarzda internetdagi veb-saytlarni ko'rib chiqish imkonini beradigan mexanizmdir. Mobil telefoningiz telefon raqamini bilmasdan qanday qo'ng'iroq qilishni bilmaganidek, brauzeringiz ham faqat domain name orqali veb-saytni qanday ochishni bilmaydi; veb-saytni ochish uchun unga uning IP address'i kerak bo'ladi. Saytni ochish uchun IP address'ni o'zingiz yozishingiz yoki domain name'ni kiritib, Enter tugmasini bosishingiz mumkin; shundan so'ng brauzeringiz bir necha bosqichdan o'tib, shu nom yordamida IP address'ni topadi. Quyidagi rasmda brauzeringiz internetda veb-saytni qanday topishi tasvirlangan.
