JavaScript yo'l xaritasi
2026-yilda JavaScript'ni o'rganish uchun bosqichma-bosqich qo'llanma
JavaScript nima?
JavaScript — veb-dasturlashning asosiy texnologiyalaridan biri hisoblanadigan juda moslashuvchan va ko'p qirrali dasturlash tili. Buning sababi shundaki, u barcha brauzerlar native tarzda qo'llab-quvvatlaydigan yagona til bo'lib, dasturchilarga shu til yordamida dinamik xatti-harakat qo'shish va murakkab user experience yaratish imkonini beradi.
Moslashuvchanligi va portability'si tufayli JavaScript backend dasturlashda (Node.js, Bun va Deno kabi runtime'lar sharofati bilan) va hatto server-side scripting'da (avtomatlashtirish va dasturchi vositalarini yaratish uchun) ham keng qo'llaniladi.
JavaScript dasturchi nima ish qiladi?
JavaScript dasturchi interaktiv veb-ilovalar, backend mantiqi (odatda RESTful API'lar) yoki qandaydir avtomatlashtirish ishlarini yaratish uchun kod yozadi va uni qo'llab-quvvatlaydi.
Agar u frontend dasturlashga e'tibor qaratgan bo'lsa, uning ishi odatda dinamik foydalanuvchi interfeyslarini loyihalash va ularni backend tizimlari bilan bog'lash uchun (odatda) REST API'lar bilan integratsiya qilishdan iborat bo'ladi.
Agar, aksincha, u backend dasturlashga e'tibor qaratgan bo'lsa, katta ehtimol bilan vaqtining ko'p qismini NestJS kabi backend freymvork yordamida API'lar ishlab chiqishga sarflaydi.