Blue-green deployment
Ilovangiz uchun blue-green deployment strategiyasini sozlang.
Bu loyihaning maqsadi — oddiy veb-ilova uchun blue-green deployment strategiyasini sozlashni mashq qilish. Bu ilovangizni samaraliroq va ishonchliroq tarzda deploy qilish imkonini beradi.
Talab
Siz mavjud ilovani (masalan, multi-container service loyihasida yaratgan ilovangizni) olib, u uchun blue-green deployment strategiyasini sozlashingiz kerak. Maqsad — ilovaning keyingi versiyasini alohida container'da deploy qilish va trafikni yangi container'ga faqat yangi versiya tayyor bo'lgandagina o'tkazish.
Bonus
- Kod repository'ga push qilinganda ilovani serverga avtomatik ravishda deploy qiladigan CI/CD pipeline sozlang.
- Ilovani va deployment jarayonini kuzatib borish uchun monitoring tizimini sozlang.
<hr />
Bu loyihani tugatgach, container'langan ilovani downtime'siz va ma'lumotlarni umuman yo'qotmasdan samaraliroq tarzda qanday deploy qilish haqida yaxshi tushunchaga ega bo'lasiz.