Datepicker UI
HTML va CSS yordamida oddiy datepicker UI yarating.
Bu loyihada faqat HTML va CSS'dan foydalanib oddiy datepicker UI yaratishingiz kerak. U ishlaydigan datepicker bo'lmaydi, balki keyinchalik JavaScript yordamida kengaytirishingiz mumkin bo'lgan statik UI component bo'ladi.
Bu loyihaning maqsadi — CSS'dagi positioning, layout va stil berish usullarini mashq qilishingizga yordam berish. Quyida siz yaratishingiz kerak bo'lgan datepicker UI'ning taxminiy maketi berilgan.
Ranglar, shriftlar va umumiy dizaynni o'z uslubingizga moslab bemalol o'zgartirishingiz mumkin.
Bu versiya ishlamasa-da, kelgusi loyihada interaktiv datepicker yaratish uchun mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
