Namunaviy systemd service
Faylga log yozadigan, uzoq vaqt ishlaydigan systemd service yarating.
Bu loyihaning maqsadi — systemd bilan tanishish: service yaratish va uni enable qilish, holatini tekshirish, log'larni kuzatib borish, service'ni ishga tushirish va to'xtatish va hokazo.
Talablar
Fonda ishlayotgan ilovani simulyatsiya qilib, to'xtovsiz ishlaydigan va har 10 soniyada log fayliga xabar yozadigan dummy.sh nomli script yarating. Quyida script namunasi keltirilgan:
#!/bin/bash
while true; do
echo "Dummy service is running..." >> /var/log/dummy-service.log
sleep 10
done
Ilovani tizim boot bo'lganda avtomatik ishga tushiradigan va uni fonda ishlab turishini ta'minlaydigan dummy.service systemd service'ini yarating. Agar service biror sababga ko'ra ishdan chiqsa, u avtomatik ravishda qayta ishga tushishi kerak.
Siz service'ni start, stop, enable, disable qila olishingiz, uning status'ini tekshira olishingiz va log'larini ko'ra olishingiz kerak, ya'ni service uchun quyidagi buyruqlar ishlashi kerak:
# Interacting with the service
sudo systemctl start dummy
sudo systemctl stop dummy
sudo systemctl enable dummy
sudo systemctl disable dummy
sudo systemctl status dummy
# Check the logs
sudo journalctl -u dummy -f
<hr />
Bu loyihani tugatgach, systemd, custom service'lar yaratish, mavjud service'larni boshqarish, muammolarni debugging qilish va boshqalar haqida yaxshi tushunchaga ega bo'lasiz.