E-commerce API
Savatcha va payment gateway integratsiyasiga ega e-commerce platformasi.
Siz e-commerce platformasi uchun API yaratishingiz kerak. Agar ushbu roadmap'dagi boshqa loyihalarni bajargan bo'lsangiz, shu paytgacha o'rgangan barcha narsalaringizni yodda tutishingiz kerak bo'ladi:
- Ko'plab foydalanuvchilar u bilan ishlay olishini ta'minlash uchun JWT authentication.
- Oddiy CRUD operatsiyalarini amalga oshirish.
- Tashqi servislar bilan ishlash. Bu loyihada Stripe kabi payment gateway'lar bilan integratsiya qilasiz.
- Mahsulotlar, xarid savatchalari va boshqalarni boshqara oladigan murakkab data model.
Bu loyihaning maqsadi — murakkab data model'larga ega, mantiqqa boy ilovani qanday yaratishni tushunishingizga yordam berish. Shuningdek, tashqi servislar bilan qanday ishlash va foydalanuvchi authentication'ini qanday amalga oshirishni ham o'rganasiz.

Talablar
Quyida bu loyiha uchun talablarning taxminiy ro'yxati keltirilgan:
- Foydalanuvchilarning ro'yxatdan o'tishi va tizimga kirishi imkoniyati.
- Mahsulotlarni savatchaga qo'shish imkoniyati.
- Mahsulotlarni savatchadan olib tashlash imkoniyati.
- Mahsulotlarni ko'rish va qidirish imkoniyati.
- Foydalanuvchilarning checkout qilishi va mahsulotlar uchun to'lov qilishi imkoniyati.
Shuningdek, faqat siz mahsulot qo'shishingiz, narxlarni belgilashingiz, inventory'ni boshqarishingiz va boshqa ishlarni bajarishingiz mumkin bo'lgan qandaydir admin panel ham bo'lishi kerak.
Avval API'ni, so'ngra frontend'ni yaratishdan boshlang; API bilan ishlash uchun Postman kabi vositalardan foydalanishingiz mumkin. Yoki HTML, CSS va Jinja yoki EJS kabi biror templating engine yordamida oddiy frontend yarating.
<hr />
Bu loyiha ko'plab o'zaro bog'liq qismlarga ega murakkab ilovani qanday yaratishni o'rganishning ajoyib usuli. Murakkabroq loyihalarga o'tishdan oldin bu loyihani bajarishingizni qat'iy tavsiya qilaman.