Xarajatlar trekeri
Moliyangizni boshqarish uchun oddiy xarajatlar trekerini yarating.
Moliyangizni boshqarish uchun oddiy xarajatlar trekeri ilovasini yarating. Ilova foydalanuvchilarga o'z xarajatlarini qo'shish, o'chirish va ko'rish imkonini berishi kerak. Shuningdek, ilova xarajatlar bo'yicha umumiy hisobotni ham taqdim etishi kerak.
Talablar
Ilova buyruqlar satridan ishga tushishi va quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak:
- Foydalanuvchilar tavsif va summa ko'rsatib xarajat qo'sha oladi.
- Foydalanuvchilar xarajatni yangilay oladi.
- Foydalanuvchilar xarajatni o'chira oladi.
- Foydalanuvchilar barcha xarajatlarni ko'ra oladi.
- Foydalanuvchilar barcha xarajatlar bo'yicha umumiy hisobotni ko'ra oladi.
- Foydalanuvchilar ma'lum bir oy (joriy yilning) xarajatlari bo'yicha umumiy hisobotni ko'ra oladi.
Quyida ilovaga qo'shishingiz mumkin bo'lgan ba'zi qo'shimcha imkoniyatlar keltirilgan:
- Xarajat kategoriyalarini qo'shing va foydalanuvchilarga xarajatlarni kategoriya bo'yicha filtrlash imkonini bering.
- Foydalanuvchilarga har bir oy uchun byudjet belgilash imkonini bering va foydalanuvchi byudjetdan oshib ketganda ogohlantirish ko'rsating.
- Foydalanuvchilarga xarajatlarni CSV faylga eksport qilish imkonini bering.
Buyruqlar ro'yxati va ularning kutilgan natijasi quyida ko'rsatilgan:
$ expense-tracker add --description "Lunch" --amount 20
# Expense added successfully (ID: 1)
$ expense-tracker add --description "Dinner" --amount 10
# Expense added successfully (ID: 2)
$ expense-tracker list
# ID Date Description Amount
# 1 2024-08-06 Lunch $20
# 2 2024-08-06 Dinner $10
$ expense-tracker summary
# Total expenses: $30
$ expense-tracker delete --id 2
# Expense deleted successfully
$ expense-tracker summary
# Total expenses: $20
$ expense-tracker summary --month 8
# Total expenses for August: $20
Amalga oshirish
Ilovani o'zingiz tanlagan istalgan dasturlash tilida amalga oshirishingiz mumkin. Quyida ba'zi tavsiyalar keltirilgan:
- Buyruq argumentlarini parse qilish uchun istalgan dasturlash tili va undagi mavjud modullardan foydalaning (masalan,
argparsebilan Python,commanderbilan Node.js va hokazo). - Xarajatlar ma'lumotlarini saqlash uchun oddiy matnli fayldan foydalaning. Ma'lumotlarni saqlash uchun JSON, CSV yoki boshqa istalgan formatdan foydalanishingiz mumkin.
- Noto'g'ri kiritilgan ma'lumotlar va edge case'larni (masalan, manfiy summalar, mavjud bo'lmagan xarajat ID'lari va hokazo) qayta ishlash uchun error handling qo'shing.
- Kodni modullarga ajratish hamda uni testlash va qo'llab-quvvatlashni osonlashtirish uchun funksiyalardan foydalaning.
<hr />
Bu loyiha g'oyasi mantiqiy fikrlash ko'nikmalaringizni mashq qilish va CLI ilova yordamida fayl tizimi bilan qanday ishlashni o'rganishning ajoyib usuli. Shuningdek, u sizga ma'lumotlarni qanday boshqarish va foydalanuvchilarga foydali ma'lumotlarni tartibli ko'rinishda qanday taqdim etishni tushunishga yordam beradi.