Rasmlarni qayta ishlash servisi
Foydalanuvchilarga rasmlarni yuklash va qayta ishlash imkonini beradigan servis yarating.
Bu loyihada Cloudinary'ga o'xshash rasmlarni qayta ishlash servisi uchun backend tizimi yaratiladi. Servis foydalanuvchilarga rasmlarni yuklash, ular ustida turli transformatsiyalarni bajarish va rasmlarni turli formatlarda olish imkonini beradi. Tizimda foydalanuvchi authentication'i, rasm yuklash, transformatsiya operatsiyalari va rasmlarni samarali olish mexanizmlari bo'ladi.
Talablar
Quyida bu loyihada amalga oshirishingiz kerak bo'lgan imkoniyatlar ro'yxati keltirilgan:
Foydalanuvchi authentication'i
- Ro'yxatdan o'tish: Foydalanuvchilarga akkaunt yaratish imkonini bering.
- Tizimga kirish: Foydalanuvchilarga o'z akkauntiga kirish imkonini bering.
- JWT authentication: Authentication'dan o'tgan foydalanuvchilar kirishi uchun endpoint'larni JWT'lar yordamida himoya qiling.
Rasmlarni boshqarish
- Rasm yuklash: Foydalanuvchilarga rasmlarni yuklash imkonini bering.
- Rasmni transformatsiya qilish: Foydalanuvchilarga turli transformatsiyalarni (o'lchamini o'zgartirish, kesib olish, aylantirish, watermark qo'yish va hokazo) bajarish imkonini bering.
- Rasmni olish: Foydalanuvchilarga saqlangan rasmni turli formatlarda olish imkonini bering.
- Rasmlar ro'yxati: Foydalanuvchi yuklagan barcha rasmlarni metadata'si bilan birga ro'yxat ko'rinishida chiqaring.
Rasm transformatsiyasi
Quyida amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan transformatsiyalar ro'yxati keltirilgan:
- O'lchamini o'zgartirish
- Kesib olish
- Aylantirish
- Watermark qo'yish
- Ag'darish
- Ko'zgu aksini olish
- Siqish
- Formatni o'zgartirish (JPEG, PNG va hokazo)
- Filtrlarni qo'llash (grayscale, sepia va hokazo)
Qiziqishingiz va tajribangizga qarab boshqa transformatsiyalarni ham bemalol qo'shishingiz mumkin.
Qanday amalga oshirish kerak
Quyida bu loyiha uchun amalga oshirishingiz mumkin bo'lgan endpoint'lar ro'yxati keltirilgan:
Authentication endpoint'lari
Yangi foydalanuvchini ro'yxatdan o'tkazish:
POST /register
{
"username": "user1",
"password": "password123"
}
Javob JWT bilan birga foydalanuvchi obyektidan iborat bo'lishi kerak.
Mavjud foydalanuvchini tizimga kiritish:
POST /login
{
"username": "user1",
"password": "password123"
}
Javob JWT bilan birga foydalanuvchi obyektidan iborat bo'lishi kerak.
Rasmlarni boshqarish endpoint'lari
Rasm yuklash:
POST /images
Request Body: Multipart form-data with image file
Response: Uploaded image details (URL, metadata).
Rasmga transformatsiyalarni qo'llash:
POST /images/:id/transform
{
"transformations": {
"resize": {
"width": "number",
"height": "number"
},
"crop": {
"width": "number",
"height": "number",
"x": "number",
"y": "number"
},
"rotate": "number",
"format": "string",
"filters": {
"grayscale": "boolean",
"sepia": "boolean"
}
}
}
Foydalanuvchi rasmga bitta yoki bir nechta transformatsiyani qo'llashi mumkin. Javob transformatsiya qilingan rasm tafsilotlaridan (URL, metadata) iborat bo'lishi kerak.
Rasmni olish:
GET /images/:id
Javob rasmning o'zi va uning tafsilotlaridan iborat bo'lishi kerak.
Rasmlarning paginated ro'yxatini olish:
GET /images?page=1&limit=10
Maslahatlar
- Rasmlarni saqlash uchun AWS S3, Cloudflare R2 yoki Google Cloud Storage kabi cloud storage xizmatidan foydalaning.
- Transformatsiyalarni qo'llash uchun rasmlarni qayta ishlash kutubxonalaridan foydalaning.
- Suiiste'mol qilishning oldini olish uchun rasm transformatsiyalariga rate limit qo'ying.
- Unumdorlikni oshirish uchun transformatsiya qilingan rasmlarni keshlashni ko'rib chiqing.
- Barcha endpoint'lar uchun error handling va validation'ni amalga oshiring.
- Ixtiyoriy ravishda rasm transformatsiyalarini asinxron qayta ishlash uchun RabbitMQ yoki Kafka kabi message queue'dan foydalaning.
<hr />
Bu loyiha sizga foydalanuvchi authentication'i va rasmlarni transformatsiya qilish imkoniyatlariga ega, scalable rasmlarni qayta ishlash servisini qanday yaratishni tushunishga yordam beradi. Bu loyihadan backend development ko'nikmalaringizni namoyish qilish va rasmlarni qayta ishlash usullari haqida o'rganish uchun foydalanishingiz mumkin.