Log'larni arxivlash vositasi
CLI orqali log'larni sana va vaqt bilan arxivlaydigan vosita yarating.
Bu loyihada log'larni belgilangan jadval bo'yicha siqib, yangi papkada saqlash orqali arxivlaydigan vosita yaratasiz. Bu, ayniqsa, eski log'larni olib tashlash va tizimni toza saqlash, shu bilan birga log'larni kelajakda murojaat qilish uchun siqilgan formatda saqlab qolishda juda foydali. Bu loyiha sizga dasturlash ko'nikmalaringizni, jumladan, fayllar va papkalar bilan ishlash hamda oddiy CLI vosita yaratishni mashq qilishga yordam beradi.
Unix asosidagi tizimlarda log'lar eng ko'p saqlanadigan joy — /var/log.
Talablar
Vosita buyruqlar satridan ishga tushishi, log papkasini argument sifatida qabul qilishi, log'larni siqishi va ularni yangi papkada saqlashi kerak. Foydalanuvchi quyidagilarni bajara olishi kerak:
- Vositani ishga tushirishda log papkasini argument sifatida berish.
log-archive <log-directory> - Vosita log'larni tar.gz faylga siqib, ularni yangi papkada saqlashi kerak.
- Vosita arxivlash sanasi va vaqtini faylga log qilishi kerak.
logs_archive_20240816_100648.tar.gz
tar buyrug'i haqida bu yerda batafsil o'rganishingiz mumkin.
<hr />
Agar bu loyihaning murakkabroq versiyasini yaratmoqchi bo'lsangiz, vositaga foydalanuvchiga arxiv haqidagi yangiliklarni email orqali yuborish yoki arxivni masofaviy serverga yoxud cloud storage'ga jo'natish kabi funksiyalarni qo'shishni ko'rib chiqishingiz mumkin.