Markdown qaydlar ilovasi
Formatlash uchun markdown'dan foydalanadigan qaydlar yozish ilovasini yarating.
Siz foydalanuvchilarga markdown fayllarini yuklash, grammatikani tekshirish, qaydni saqlash va uni HTML ko'rinishida render qilish imkonini beradigan oddiy qaydlar yozish ilovasini yaratishingiz kerak. Bu loyihaning maqsadi — RESTful API'da fayl yuklashni qanday boshqarish, kutubxonalar yordamida markdown fayllarini parse va render qilish hamda qaydlar grammatikasini tekshirishni o'rganishingizga yordam berish.

Imkoniyatlar
Siz quyidagi imkoniyatlarni amalga oshirishingiz kerak:
- Qayd grammatikasini tekshirish uchun endpoint taqdim etasiz.
- Shuningdek, Markdown matni sifatida uzatilishi mumkin bo'lgan qaydni saqlash uchun endpoint taqdim etasiz.
- Saqlangan qaydlarni (ya'ni yuklangan markdown fayllarini) ro'yxat ko'rinishida chiqarish uchun endpoint taqdim eting.
- Boshqa endpoint orqali Markdown qaydning HTML versiyasini (render qilingan qaydni) qaytaring.
Boshlash uchun maslahatlar
O'zingiz tanlagan istalgan dasturlash tili va freymvorkdan bemalol foydalanishingiz mumkin. Markdown fayllarini parse va render qilish uchun kerakli kutubxonalarni o'rnatishda tanlangan tilning package manager'idan foydalaning.