Prometheus va Grafana
Prometheus yordamida monitoring'ni sozlang va metric'larni Grafana'da vizuallashtiring.
Ushbu loyihaning maqsadi — server infratuzilmangiz uchun to'liq monitoring tizimini yaratish: metric'larni yig'ish uchun Prometheus'dan, ularni vizuallashtirish uchun esa Grafana'dan foydalanasiz. Bu tizim serveringizning unumdorligi, resurslardan foydalanishi va umumiy holati haqida real vaqt rejimida ma'lumot beradi.
Talablar
Loyihani boshlash uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
- Monitoring qilinadigan ishlab turgan server. Oldingi loyihadagi mavjud serverdan foydalanishingiz yoki Digital Ocean yoxud boshqa cloud provider'da yangi server sozlashingiz mumkin
- Serverda biror dependency'lardan (masalan, Nginx, Node.js va boshqalar) foydalanib ishlayotgan ilova.
Server ishga tushgach, Prometheus va Grafana'ni sozlashga o'tasiz.
Prometheus'ni sozlash
Prometheus — kuchli, open source monitoring va alerting vositalari to'plami. Uni sozlash uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- Prometheus'ni serveringizga o'rnating
- Prometheus'da scraping oraliqlari, endpoint'lar va retention policy'larni sozlang
- Tizim metric'lari (CPU, xotira, disk, tarmoq) uchun exporter'larni o'rnating va sozlang. Shuningdek, Nginx, MySQL, MongoDB kabi servislar uchun qo'shimcha exporter'larni ham sozlang.
- Ilovaga xos metric'lar uchun custom exporter'lar yoki instrumentation'ni amalga oshiring
Prometheus ma'lumotlarni yig'ish bo'yicha keng imkoniyatlarga va ma'lumotlarni tahlil qilish uchun moslashuvchan query language'ga (PromQL) ega.
Grafana'ni sozlash
Grafana metric'laringiz uchun moslashtiriladigan dashboard'larni taqdim etadi. Tizim metric'lari uchun bitta, ilova metric'lari uchun esa boshqa dashboard sozlashingiz mumkin. Quyidagi qadamlarni bajaring:
- Grafana'ni serveringizga o'rnating
- Grafana'ni data source sifatida Prometheus'ga ulang
- Turli metric'lar uchun dashboard'lar yarating:
- Tizim bo'yicha umumiy ko'rinish (CPU, xotira, disk, tarmoq)
- Ilovaga xos metric'lar
- PromQL query'lari asosidagi custom panel'lar
- Grafana instance'ingiz uchun foydalanuvchi authentication va authorization'ini sozlang
Qo'shimcha maqsadlar
Ko'nikmalarini kengaytirib, yanada mustahkam monitoring tizimini yaratmoqchi bo'lganlar quyidagi murakkab imkoniyatlarni amalga oshirishni ko'rib chiqishlari mumkin:
- Prometheus'da alerting rule'larni sozlang va Grafana'da bildirishnoma kanallarini (masalan, email, Slack) sozlang
- Query unumdorligini optimallashtirish uchun Prometheus recording rule'larini amalga oshiring
- Dinamik muhitlarni avtomatik monitoring qilish uchun Prometheus service discovery'dan foydalaning
- Loki yordamida log aggregation'ni integratsiya qiling va Grafana'da log'larni metric'lar bilan bog'lang
- O'zingiz ishlatayotgan muayyan ilova yoki servis uchun custom exporter yarating
<hr />
Bu loyiha sizga production darajasidagi monitoring tizimini sozlash bo'yicha amaliy tajriba beradi. Siz metric'larni yig'ish, ma'lumotlarni vizuallashtirish va tizim observability'si bo'yicha qimmatli ko'nikmalarga ega bo'lasiz — bular ishonchli va unumdor infratuzilmani qo'llab-quvvatlash uchun juda muhim.