Shaxsiy blog
Turli mavzularda maqolalar yozish va nashr qilish uchun shaxsiy blog yarating.
Sizdan maqolalar yozib, ularni nashr qilishingiz mumkin bo'lgan shaxsiy blog yaratish talab etiladi. Blog ikki bo'limdan iborat bo'ladi: mehmonlar bo'limi va admin bo'limi.
Mehmonlar bo'limi — hamma kira oladigan sahifalar ro'yxati:
- Bosh sahifa: bu sahifada blogda nashr qilingan maqolalar ro'yxati ko'rsatiladi.
- Maqola sahifasi: bu sahifada maqola mazmuni nashr qilingan sanasi bilan birga ko'rsatiladi.
Admin bo'limi — faqat siz kira oladigan, maqolalarni nashr qilish, tahrirlash yoki o'chirish uchun mo'ljallangan sahifalar.
- Dashboard: bu sahifada blogda nashr qilingan maqolalar ro'yxati hamda yangi maqola qo'shish, mavjud maqolani tahrirlash yoki maqolani o'chirish imkoniyatlari ko'rsatiladi.
- Maqola qo'shish sahifasi: bu sahifada yangi maqola qo'shish uchun forma bo'ladi. Formada sarlavha, mazmun va nashr sanasi kabi maydonlar bo'ladi.
- Maqolani tahrirlash sahifasi: bu sahifada mavjud maqolani tahrirlash uchun forma bo'ladi. Formada sarlavha, mazmun va nashr sanasi kabi maydonlar bo'ladi.
Blogning turli sahifalari haqida tasavvur berish uchun mockup'lar quyida keltirilgan.
Hamma kira oladigan sahifalar

Faqat admin kira oladigan sahifalar

Qanday amalga oshirish kerak
Shaxsiy blogni amalga oshirishingizga yordam beradigan ba'zi tavsiyalar:
Ma'lumotlarni saqlash
Hozircha ishni soddalashtirish uchun maqolalarni saqlashda fayl tizimidan foydalanishingiz mumkin. Har bir maqola papkada alohida fayl sifatida saqlanadi. Faylda maqolaning sarlavhasi, mazmuni va nashr sanasi bo'ladi. Maqolalarni saqlash uchun JSON yoki Markdown formatidan foydalanishingiz mumkin.
Backend
Blogning backend qismini yaratish uchun istalgan dasturlash tilidan foydalanishingiz mumkin. Bu loyihada uni API sifatida qurishingiz shart emas — buning uchun boshqa loyihalarimiz bor. HTML'ni to'g'ridan-to'g'ri serverda render qiladigan sahifalar va ma'lumotlarni serverga yuboradigan formalardan foydalanishingiz mumkin.
Frontend
Frontend uchun HTML va CSS'dan foydalanishingiz mumkin (hozircha JavaScript kerak emas). Maqolalarni frontend'da render qilish uchun istalgan templating engine'dan foydalanishingiz mumkin.
Authentication
Admin bo'limi uchun basic authentication'ni amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun standart HTTP basic authentication'dan foydalanishingiz yoki hozircha foydalanuvchi nomi va parolni kodga hardcode qilib, admin uchun session yaratadigan oddiy login sahifasini yaratishingiz mumkin.
<hr />
Ushbu loyihani tugatgach, siz templating, fayl tizimi bilan ishlash, basic authentication, formalarni qayta ishlash va HTML sahifalarni serverda render qilishni mashq qilgan bo'lasiz. Loyihani izohlar, kategoriyalar, teglar, qidiruv funksiyasi kabi imkoniyatlar qo'shish orqali yanada kengaytirishingiz mumkin. Ma'lumotlar bazalari, API'lar, xavfsizlik bo'yicha best practice'lar kabi murakkabroq mavzularni qamrab olgan boshqa backend loyihalarini ham albatta ko'rib chiqing.