Shaxsiy portfolio
Oldingi oddiy HTML veb-saytni shaxsiy portfolioga aylantiring.
Ushbu loyihaning maqsadi — CSS yordamida veb-saytga uslub berishni o'rgatish. Siz faqat HTML'dan iborat oldingi loyihadagi tuzilmani olasiz va uning ko'rinishi hamda responsiveness'ini yaxshilash uchun turli CSS usullarini qo'llaysiz.
Bu loyihada siz avval boshqa loyihada yaratgan HTML veb-sayt tuzilmasiga uslub berasiz. Asosiy e'tibor responsive layout'lar yaratish, rang va tipografiyani qo'llash hamda veb-saytingizning umumiy dizaynini yaxshilash uchun CSS'dan qanday foydalanishni o'rganishga qaratiladi.
Quyida mobil va desktop qurilmalar uchun veb-sayt tuzilmasining taxminiy mockup'lari berilgan. Bu bosqichda dizayn tafsilotlari, ya'ni ranglar, fonlar va hokazolar haqida qayg'urmang; bizga chiroyli dizayn emas, balki yaxshi tuzilgan va responsive veb-sayt kerak. Faqat layout'ni mockup'dagidek qilishga va u turli ekran o'lchamlarida yaxshi ko'rinishini ta'minlashga e'tibor qarating.
Topshirish talablari
Topshiradigan ishingiz quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
- Oldingi loyiha bilan bir xil tuzilmaga ega, to'liq uslub berilgan, responsive veb-sayt.
- Tanlangan rang sxemasi va tipografiyadan izchil foydalanish.
- Flexbox, media query'lar va box model kabi CSS usullaridan to'g'ri foydalanish.
- Responsive navigatsiya paneli va yaxshi uslub berilgan aloqa formasi.
Bonus ballar
Bonus ballar uchun quyidagilarni qilishingiz mumkin:
- Veb-saytingiz tipografiyasini yaxshilash uchun Google Fonts'dan foydalaning.
- Veb-saytingizni bepul host qilish uchun GitHub Pages yoki Cloudflare Pages'ni o'rganib chiqing.
- CSS variable'lari yordamida dark mode qo'llab-quvvatlashini qo'shing.
Ushbu loyihani tugatgach, oddiy HTML veb-saytga CSS yordamida qanday uslub berish haqida mustahkam tushunchaga ega bo'lasiz. Keyingi loyihalarda CSS animatsiyalari, transition'lar va grid layout'lar kabi murakkabroq mavzularga o'tishingiz mumkin.
