Viktorina ilovasi
Istalgan bilimni sinash uchun brauzerda ishlaydigan viktorina ilovasini yarating
Bu loyihada biz brauzerda ishlaydigan viktorina yaratamiz. Ilova foydalanuvchilarga bir qator ko'p variantli savollarni taqdim etadi va har bir savoldan so'ng tanlangan javob to'g'ri yoki noto'g'ri ekani haqida darhol fikr bildiradi.
Talablar
Dasturchi sifatida savollari o'zingizga ma'qul bo'lgan, JSON asosidagi viktorinani bemalol o'ylab topishingiz mumkin.
- Dastlab foydalanuvchiga "start" tugmasi va viktorina haqida ba'zi ma'lumotlar ko'rsatiladi
- Foydalanuvchi start tugmasini bosganda unga birinchi ko'p variantli savol ko'rsatiladi.
- Savollar
cardsko'rinishida, javoblar esa kartochkadagi tugmalar sifatida ko'rsatilishi kerak. - Foydalanuvchi javobni tanlaganda, natijaga qarab javob tugmalari qizil yoki yashil rangga o'zgarishi kerak. Shuningdek, to'g'ri javob qaysi ekanini ham ko'rsatishi kerak.
- Agar foydalanuvchi to'g'ri javob bersa, ball oshirilishi kerak.
- Viktorina oxirida foydalanuvchiga yakuniy ball va barcha natijalar ko'rsatiladi.
- Ixtiyoriy ravishda har bir savolga 1 daqiqalik taymer qo'shing: agar foydalanuvchi shu vaqt ichida savolga javob bermasa, keyingi savolga o'tilishi va ball 1 ga kamaytirilishi kerak.
State'ni boshqarish uchun React, Vue yoki Angular kabi istalgan frontend freymvork va biror state management kutubxonasidan foydalanishingiz mumkin.
Ushbu loyihani tugatgach, murakkab state'larni boshqarish va istalgan frontend freymvork yordamida o'rtacha murakkablikdagi ilova yaratish haqida yaxshi tushunchaga ega bo'lasiz.