Cheklangan textarea
Belgilar sonini jonli ko'rsatadigan va maksimal belgilar chegarasiga ega textarea yarating.
Sizdan foydalanuvchi kiritgan belgilar sonini kuzatib, uni ko'rsatib turadigan va maksimal belgilar chegarasiga ega textarea yaratish talab etiladi. Foydalanuvchi matn yozgan sari belgilar soni dinamik ravishda yangilanadi. Chegaraga yetilgach, textarea boshqa kiritishga yo'l qo'ymaydi va chegaraga yetilganini vizual tarzda bildirish uchun uning border'i qizil rangga o'zgaradi.
Bu loyiha JavaScript yordamida input elementlarini boshqarish, foydalanuvchi kiritish event'larini qayta ishlash hamda foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun real vaqtda feedback berishni mashq qilishingizga yordam beradi.
