Server unumdorligi statistikasi
Serverning asosiy unumdorlik statistikasini tahlil qiladigan script yozing.
Ushbu loyihaning maqsadi — server unumdorligi statistikasini tahlil qiladigan script yozish.
Talablar
Sizdan serverning asosiy unumdorlik statistikasini tahlil qila oladigan server-stats.sh script'ini yozish talab etiladi. Script'ni istalgan Linux serverda ishga tushira olishingiz va u sizga quyidagi statistikani berishi kerak:
- Umumiy CPU usage
- Umumiy xotira sarfi (bo'sh va band qismi, foizlari bilan birga)
- Umumiy disk sarfi (bo'sh va band qismi, foizlari bilan birga)
- CPU usage bo'yicha eng ko'p resurs sarflayotgan 5 ta process
- Xotira sarfi bo'yicha eng ko'p resurs sarflayotgan 5 ta process
Qo'shimcha maqsad: xohlasangiz, OS versiyasi, uptime, load average, tizimga kirgan foydalanuvchilar, muvaffaqiyatsiz login urinishlari kabi qo'shimcha statistikani ham qo'shishingiz mumkin.
<hr />
Ushbu loyihani tugatgach, debugging qilish va server unumdorligini yaxshiroq tushunish maqsadida server unumdorligi statistikasini qanday tahlil qilish bo'yicha asosiy bilimlarga ega bo'lasiz.