Tabs
HTML, CSS va JavaScript yordamida oddiy tabs component'ini yarating.
Bu loyiha sizni JavaScript'dagi asosiy DOM manipulation va event handling bilan tanishtirish uchun mo'ljallangan.
Sizdan HTML, CSS va oddiy JavaScript yordamida sodda tabs funksiyasini yaratish talab etiladi. Sahifada to'rtta tab bo'ladi va standart holatda birinchi tab faol bo'ladi. Foydalanuvchi boshqa tab'ni bosganda joriy tab mazmuni yashiriladi va tanlangan tab mazmuni ko'rsatiladi.
Bu loyiha JavaScript yordamida elementlarni tanlash, click event'larini tinglash va tegishli tab mazmunini ko'rsatish yoki yashirish uchun DOM'ni o'zgartirishni mashq qilishingizga yordam beradi.
