SSH bilan remote server'ni sozlash
Oddiy remote Linux server'ni sozlang va unga SSH orqali ulanishga ruxsat bering.
Ushbu loyihaning maqsadi — Linux asoslarini o'rganish va mashq qilish. Sizdan remote Linux server'ni sozlash va unga SSH ulanishlariga ruxsat beradigan qilib konfiguratsiya qilish talab etiladi.
Talablar
Sizdan remote Linux server'ni sozlash va unga SSH ulanishlariga ruxsat beradigan qilib konfiguratsiya qilish talab etiladi.
- Istalgan provider'da ro'yxatdan o'tib, remote Linux server sozlang, masalan, DigitalOcean'dagi oddiy droplet — ushbu havola orqali sizga $200 miqdorida bepul kredit beriladi. Muqobil ravishda AWS yoki boshqa istalgan provider'dan foydalaning.
- Ikkita yangi SSH key pair yarating va ularni serveringizga qo'shing.
- Serveringizga ikkala SSH key yordamida ham ulana olishingiz kerak.
Ikkala SSH key yordamida serveringizga ulanish uchun quyidagi buyruqdan foydalana olishingiz kerak.
ssh -i <path-to-private-key> user@server-ip
Shuningdek, serveringizga quyidagi buyruq orqali ulanish imkonini beruvchi konfiguratsiyani ~/.ssh/config faylida sozlashni o'rganib chiqing.
ssh <alias>
Bu loyihaning yagona natijasi — ikkala SSH key yordamida serveringizga SSH orqali kira olishingiz. Server sozlash va konfiguratsiya qilishning boshqa jihatlari keyingi loyihalarda ko'rib chiqiladi.
Qo'shimcha maqsad: brute force hujumlarining oldini olish uchun fail2ban'ni o'rnating va sozlang.
<hr />
Yechimni topshirish bo'yicha muhim eslatma
Private key'ingizni hech qanday public repository'ga push qilmang. Bu loyihaning yechimi faqat loyihani bajarish uchun qilgan qadamlaringiz yozilgan bitta README.md faylidan iborat bo'lishi kerak.
<hr />
Ushbu loyihani tugatgach, remote Linux server'ni qanday sozlash va unga SSH ulanishlariga ruxsat beradigan qilib konfiguratsiya qilish haqida asosiy tushunchaga ega bo'lasiz. Server sozlashning boshqa jihatlari keyingi loyihalarda ko'rib chiqiladi.