Statik sayt serveri
Oddiy Linux server'ni sozlang va uni statik saytni taqdim etadigan qilib konfiguratsiya qiling.
Ushbu loyihaning maqsadi — Nginx orqali taqdim etiladigan oddiy statik sayt misolida veb-server sozlash asoslarini tushunishingizga yordam berish. Shuningdek, o'zgarishlaringizni serverga deploy qilish uchun rsync'dan qanday foydalanishni o'rganasiz.
Talablar
Ushbu loyiha uchun talablar:
- Istalgan provider'da ro'yxatdan o'tib, remote Linux server sozlang, masalan, DigitalOcean'dagi oddiy droplet — ushbu havola orqali sizga $200 miqdorida bepul kredit beriladi. Muqobil ravishda AWS yoki boshqa istalgan provider'dan foydalaning.
- Serveringizga SSH orqali ulana olishingizga ishonch hosil qiling.
- Statik saytni taqdim etish uchun
nginx'ni o'rnating va sozlang. - Oddiy HTML, CSS va rasm fayllaridan iborat sodda veb-sahifa yarating.
- Lokal statik sayt asosida remote server'ni yangilash uchun
rsync'dan foydalaning. - Agar sizda domen nomi bo'lsa, uni serveringizga yo'naltiring va statik saytingizni o'sha domen orqali taqdim eting. Muqobil ravishda nginx server'ingizni statik saytni server IP manzili orqali taqdim etadigan qilib sozlang.
Ishga tushirilganda statik saytingizni rsync yordamida server bilan sinxronlaydigan deploy.sh script'ini yozishingiz mumkin.
<hr />
Loyihani tugatgach, Nginx orqali taqdim etiladigan oddiy statik sayt misolida veb-serverni qanday sozlash haqida asosiy tushunchaga ega bo'lishingiz kerak. Shuningdek, o'zgarishlaringizni serverga deploy qilish uchun rsync'dan qanday foydalanish haqida ham asosiy tushunchaga ega bo'lishingiz kerak.