Full stack va Back end: ular o'rtasidagi farqlar nimada?
Full-stack va Back-end: ko'nikmalar, rollar va texnologiyalardagi asosiy farqlarni bilib oling va o'zingizga mos development yo'lini toping.
Muallif: William Imoh

Veb-dasturlashga kirib kelishni o'ylayapsizmi? Ehtimol, siz full stack developer, backend developer, frontend developer, design engineer va boshqa ko'plab lavozim nomlarini eshitgansiz.
Keling, ikkita ajoyib variantga e'tibor qaratamiz: full stack va backend development. Agar veb-saytlar va ilovalar yaratmoqchi bo'lsangiz, ikkalasi ham samarali yo'l. Bu rollar internetda har kuni foydalanadigan veb-saytlar va ilovalarni yaratish uchun birgalikda ishlaydi.
Har bir rol foydalanuvchilar internet orqali istalgan joydan kira oladigan ilova yaratishdek umumiy maqsad sari ishlasa-da, ularning majburiyatlari farq qiladi. Maqsadingiz yangi ko'nikma egallash, karyera yo'lini o'zgartirish yoki ish topish bo'lishidan qat'i nazar, bu farqlarni tushunish muhim.
Ushbu qo'llanmada full stack va backend development o'rtasidagi asosiy farqlar, ular nimalarni o'z ichiga olishi, o'xshashliklari va veb-ekotizimdagi o'zgarishlar chuqur muhokama qilinadi. So'ngida esa full stack yoki backend yo'lingiz uchun roadmap'lar taklif etiladi.
Quyidagi jadvalda asosiy farqlar umumlashtirilgan:
| Full stack development | Back end development |
|---|---|
| Ilovaning ham client-side (frontend), ham server-side (backend) qismini yaratadi. | Faqat ilovaning server-side qismiga ixtisoslashadi. |
| HTML, CSS, JavaScript, Java, PHP va boshqa frontend hamda backend tillaridan foydalanadi. | Faqat Python, C++, Java va boshqa backend dasturlash tillarini yaxshi biladi. |
| Responsive web design yaratish, user experience'ni yaxshilash va accessibility'ni ta'minlash kabi frontend web development vazifalari hamda ma'lumotlar bazalarini boshqarish, xavfsizlik choralarini joriy qilish, keshlash va API'lar yozish kabi backend development vazifalari uchun javobgar. | Faqat ma'lumotlar bazasini boshqarish, xavfsizlik, keshlash va API'lar yozish kabi server-side mantiq uchun javobgar. |
| Eng yuqori daromad salohiyatiga ega. | Full stack development'ga nisbatan daromad salohiyati pastroq. |
| Client'da yoki server'da, yoxud ikkalasida ishlaydigan kutubxonalar va freymvorklardan foydalanadi. | Faqat server'da ishlaydigan kutubxonalar va freymvorklardan foydalanadi. |
| Frontend va backend development'ni birlashtirgani uchun o'rganish eng qiyin | Faqat backend development'ga e'tibor qaratgani uchun Full stack'ka nisbatan o'rganish ancha oson |
| Bo'sh ish o'rinlari soni eng ko'p | Full stack development'ga nisbatan ish o'rinlari soni kamroq |
Keling, farqlarni batafsil ko'rib chiqamiz.
Full stack va Backend development o'rtasidagi farqlar
Full stack va backend o'rtasidagi asosiy farqlar quyidagi mezonlar bo'yicha ko'rib chiqiladi:
- Asosiy yo'nalish
- Rollar va mas'uliyat doirasi
- Texnologiyalar
- Ko'nikmalar to'plami
- Maosh va bo'sh ish o'rinlari
- O'rganish murakkabligi

Asosiy yo'nalish
Full stack developer'ning asosiy vazifasi veb-ilovaning ham client-side, ham server-side qismini ishlab chiqish bo'lsa, backend development faqat server-side qismga e'tibor qaratadi.
Rollar va mas'uliyat doirasi
Full stack development ilovaning ham frontend, ham backend texnologik jihatlarini qamrab oladigan kengroq mas'uliyat va javobgarlikni o'z ichiga oladi. Aksincha, backend development'ning mas'uliyati va majburiyatlari server-side bilan cheklangan.
Texnologiyalar
Full stack web developer frontend va backend texnologiyalarini qamrab oladigan kengroq ko'nikmalar to'plamiga ega. Bunga HTML va CSS kabi markup tillari, JavaScript, Python va Java kabi scripting tillari hamda React, Vue, Django, Spring Boot va Laravel kabi freymvorklar kiradi.
Xuddi shunday, backend development'da Python, Ruby, Java, JavaScript (Node.js) va Go kabi server-side dasturlash tillari hamda Django, Ruby on Rails, Express.js va Gin-gonic kabi freymvorklardan foydalaniladi.
Ko'nikmalar to'plami
Full stack developer frontend va backend tamoyillarini qamrab oladigan keng ko'lamli ko'nikmalarga ega. Ular user interface design, inson va kompyuter o'rtasidagi o'zaro ta'sir (human-computer interaction), client-side xavfsizlik, keshlash, queue'lar va system design ustida ishlay oladi. Full stack developer'lar ilovaning barcha elementlariga qo'l ura olsa-da, backend developer'lar tor ixtisoslashuvi tufayli odatda backend tamoyillari bo'yicha chuqurroq tajribaga ega bo'ladi.
Maosh va bo'sh ish o'rinlari
LinkedIn, Indeed va Glassdoor kabi mashhur vakansiya platformalarini ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, Full stack developer'lar uchun backend developer'larga nisbatan ko'proq bo'sh ish o'rinlari mavjud va o'rtacha maoshlari ham yuqoriroq.
O'rganish murakkabligi
Backend development'ni o'rganish nisbatan osonroq, chunki uning asosiy e'tibori backend tillari, kutubxonalari, freymvorklari va boshqa server-side development'ga qaratilgan. Aksincha, full stack development frontend va backend development'ni birlashtiradi, bu esa uni o'rganishni qiyinroq qiladi.
Yuqoridagi fikrlar full stack va backend development o'rtasidagi asosiy farqlarni qamrab olsa-da, ularning rollari va majburiyatlari tashkilot, soha va loyiha doirasi kabi omillarga qarab ham farq qilishi mumkinligini ta'kidlash joiz.
Har bir rol va uning majburiyatlarini tushunish muhim. Keling, endi ularni ko'rib chiqamiz.
Full stack development nima?
"Full stack" atamasi veb-ilovaning ham frontend, ham backend qismini biladigan developer'ni anglatadi. Full stack developer'lar veb-loyihaning barcha jihatlarini — foydalanuvchilar ko'radigan va o'zaro ishlaydigan dinamik foydalanuvchi interfeyslarini yaratishdan tortib server-side mantiq, ma'lumotlar bazasi va serverni boshqarishgacha — bajara oladigan darajada ko'p qirrali.
Full stack development'ning asosiy jihatlaridan ba'zilari quyidagilar:
- Frontend texnologiyalari
- Backend texnologiyalari
- Application Programming Interface'lar (API) design'i
- Ma'lumotlar bazasi
- Deployment
- Xavfsizlik
- Moslashuvchanlik
Frontend texnologiyalari
HTML, CSS va JavaScript kabi mashhur frontend tillarini chuqur tushunish ishonchli va scalable ilovalar yaratish uchun asos hisoblanadi. Bundan tashqari, frontend developer sifatida responsive, accessible va turli brauzerlarga mos keladigan dinamik ilovalar yaratish uchun React, Vue, Angular va boshqa frontend development freymvorklari hamda kutubxonalaridan qachon va qanday foydalanishni aniqlay olish juda muhim.

Backend texnologiyalari
Scalable va ishonchli service'lar yaratish uchun Java, JavaScript (Node.js), Python, C#, Go, Rust kabi server-side tillarni hamda ularning tegishli freymvorklari va kutubxonalarini yaxshi bilish zarur. Backend developer'lar sahna ortida ishlab, veb-sayt va ilova foydalanuvchi interfeysi to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotni yaratadi.

Application Programming Interface'lar (API) design'i
API'larni loyihalash, yaratish va amalga oshirishni puxta tushunish full stack development'da zarur. Bundan tashqari, REST, GraphQL, WebSocket va gRPC (Google Remote Procedure Call) kabi turli API protokollaridan qachon foydalanishni bilish ham muhim.

Ma'lumotlar bazasi
Ma'lumotlarni boshqarish uchun PostgreSQL kabi relational database management system'dan yoki MongoDB kabi non-relational ma'lumotlar bazasidan foydalanish, stored procedure'larni yoki object-relational mapping'ni (ORM) tanlash — full stack developer hal qilishi kerak bo'lgan muhim qarorlardir. Bundan tashqari, schema'larni loyihalash va query'larni optimallashtirishni yaxshi tushunish ham muhim.

Deployment
Ilova yaratishning mohiyati — maqsadli foydalanuvchilar unga cheklovlarsiz kira olishi va undan ko'zlangandek foydalana olishini ta'minlashdir. Full stack developer'lar deployment strategiyalarini hamda AWS, Azure va Google Cloud kabi bulut platformalarini tushunishi kerak.

Xavfsizlik
Ilovani internetga ochish uni hujumlarga zaif qilib qo'yadi. Shu sababli bu ilovalarning yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlash uchun xavfsizlik bo'yicha best practice'lar va vulnerability'lar bilan tanish bo'lish juda muhim.

Moslashuvchanlik
Open-source va tadqiqot faoliyatlari web development ekotizimini doimiy ravishda o'zgartirib kelgan. Full stack developer'lar yangi texnologiyalarni o'rganishga tayyor bo'lishi, qachon noldan yaratish va qachon third-party yechimlardan foydalanishni bilishi hamda o'zgaruvchan loyiha talablariga moslasha olishi kerak.
Backend development nima?
Ilovalar yaratish uchun frontend developer va backend developer rollarini birlashtiradigan full stack development'dan farqli o'laroq, backend web development faqat server-side qismga e'tibor qaratadi. Backend developer'lar sahna ortida sodir bo'ladigan va foydalanuvchilarga bevosita ko'rinmaydigan vazifalarni, jumladan, ma'lumotlarni boshqarish, murakkab mantiqni bajarish va ma'lumotlar bazalarini boshqarishni amalga oshiradi.
Backend development presentation layer (so'rovlar va javoblarni qayta ishlaydi), business layer (hisob-kitob va ma'lumotlarni qayta ishlash kabi mantiqni bajaradi) va data access layer'ga (ma'lumotlar bazasi bilan o'zaro ishlashni boshqaradi) bo'linadi. U full stack developer foydalanadigan server-side texnologiyalarga o'xshash texnologiyalardan foydalanadi.
Full stack va Backend development o'rtasidagi o'xshashliklar
Full stack va backend development ikkalasi ham ilovaning server-side qismida ishlagani uchun bir qancha o'xshashliklarga ega. Quyida veb-dasturlash jarayonida full stack va backend o'rtasidagi asosiy o'xshashliklar keltirilgan:
- Ikkalasi ham business logic, ma'lumotlar bazasi bilan o'zaro ishlash va ma'lumotlarni qayta ishlash kabi server-side funksionallik ustida ishlaydi.
- Dasturiy ta'minot component'lari o'rtasidagi aloqani osonlashtirish uchun API'larni loyihalaydi va amalga oshiradi.
- Ikkalasi ham foydalanuvchi ma'lumotlarining xavfsizligi va yaxlitligini ta'minlaydi.
- Loyiha muvaffaqiyatini ta'minlash uchun jamoaning boshqa a'zolari va biznes stakeholder'lari bilan hamkorlik qiladi.
- Ikkalasi ham xatolar, edge case'lar va ilovaning boshqa murakkab texnik jihatlarini hal qiladi.
- Ikkalasi ham scalable tizimlarni loyihalash va ularning arxitekturasini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Zamonaviy davrda web development: Full stack va Backend
Vebning imkoniyatlari hayajonli va qiziqarli bo'lsa-da, ular veb uchun ilovalar yaratadigan developer'larning rollari va majburiyatlarini ham o'zgartirdi. Keling, bu o'zgarishlar full stack va backend development'ga qanday ta'sir qilishi mumkinligini quyidagi fikrlar misolida ko'rib chiqamiz:
Hamkorlik
Backend development'ning tor ixtisoslashgan yo'nalishiga qaraganda full stack development'ning roli va majburiyatlari o'z tabiatiga ko'ra hamkorlikka asoslangan bo'lsa-da, hozirgi innovatsion tendensiya hamkorlikka bo'lgan ehtiyojni yanada oshiradi. Full stack developer'lar performant va dinamik ilovalar yaratish uchun turli stakeholder'lar bilan tobora ko'proq hamkorlik qiladi. Bu backend developer'lardan ham o'z rollarini an'anaviy sohasidan tashqariga kengaytirishni talab qilishi mumkin.

Ko'p qirralilik
Veb ko'proq imkoniyatlar taqdim etgani sari tashkilotlar o'zlarining asosiy ilovalarini native platformalardan veb-asosidagi yechimlarga ko'chiradi, bu esa developer'lardan ko'p qirrali bo'lishni va yangi ko'nikmalarni egallashni talab qiladi.
Frontend va backend development sohalarida allaqachon ishlay oladigan full stack web developer'lar biznes ehtiyojlari va loyiha talablariga javob berish uchun qo'shimcha ko'nikmalarni egallab, o'zgaruvchan talablarga moslashishga yaxshi tayyor. Xuddi shunday, backend developer'lar ham bu o'tish taqdim etayotgan imkoniyatlardan to'liq foydalanish uchun o'z rollarini moslashtirishi va o'z sohasiga xos vazifalardan tashqariga chiqadigan kengaytirilgan majburiyatlarni qabul qilishi kerak bo'lishi mumkin.

Ish roli
Veb taqdim etayotgan yangi imkoniyatlar shubhasiz vakansiya tavsiflarini qayta shakllantiradi va veb uchun dasturiy ta'minot yaratadigan developer'lardan talab qilinadigan ko'nikmalarni o'zgartiradi. Texnologiya sohasidagi full stack va backend developer'larga raqobatbardosh bo'lib qolish va dinamik yechimlar yaratish uchun o'z karyera maqsadlarini qayta baholash, malakasini oshirish va bu o'zgarishlarni qabul qilish kerak bo'lishi mumkin.
Veb taqdim etayotgan imkoniyatlar va o'zgarib borayotgan biznes talablari developer'lardan doimiy ravishda malakasini oshirib borishni va so'nggi o'zgarishlardan xabardor bo'lishni talab qiladi. Bu yo'lda ishonchli haqiqat manbai muhim. Full stack development va backend development roadmap'lari web development sohasida karyera qurishni ko'zlayotgan tajribali va boshlovchi developer'lar uchun qimmatli manbalardir.
Bundan tashqari, bu roadmap'lar sizga o'z rivojlanishingizni kuzatib borish, ko'nikmalaringizni potensial ish beruvchilarga ko'rsatish va qo'llab-quvvatlovchi hamjamiyatning bir qismiga aylanish imkonini beradi